yangiliklar
ERIELL homiyligida ikat haqida kitob tayyorlanmoqda

ERIELL homiyligida ikat haqida kitob tayyorlanmoqda 

O‘zbek ikatining boyligi Turkiyalik Mehmet Chetinkaya tomonidan yig‘ilgan kolleksiyaga bag‘ishlangan kitobda aks ettiriladi. Nashr ERIELL Group faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan tayyorlanmoqda. 

Taniqli Turk kolleksioneri islom to‘qimachiligini o‘rganishga qo‘shgan hissasi uchun Jozef V. Makmallan mukofoti sohibi va "99 Ikat Chapans” katalogi muallifi hisoblanadi. Yangi nashr O‘zbek abr matolari-ikatga muhabbat izhori bo‘ladi. 

Uning ikat bilan ilk tanishishi 1990 yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan sharq gilamlari konferensiyasida yuz bergan. Ikki yildan so‘ng kolleksioner O‘zbekistonga keladi va u yerdagi qadimiy shaharlarning ulug‘vorligi va me'morchiligidan hayratga tushadi. O‘sha kundan boshlab uning kolleksiyasiga asos solingan edi. 

2007 yilda Istanbulning Turk va islom san'ati muzeyida tashkil etilgan «99 Ikat Chapans / The Mehmet Çetinkaya Collectıons» ko‘rgazmada o‘zbek cho‘ponlari kolleksiyasi namoyish etildi. 

«Jahonga mashhur ekspertlar va to‘qimachilik bilimdonlari kolleksiyadan maftun bo‘ldi. O‘zbek ipak matolarining boy san'ati va rang-barangligini ko‘rib ularning hech biri hayratini yashira olmadi», - eslaydi Mehmet Chetinkaya.

Abr matolaridan tikilgan 100 ga yaqin kiyim namunalari yangi kitobdan o‘rin oladi. Hozirda material to‘plash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kitob Butunjahon jamiyatining bosh homiysi ERIELL Group hisoblangan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasini amalga oshirishda yana bir muhim qadam bo‘ladi. 

2018 yilda ERIELL guruhi boshqaruv raisi Baxtiyor Fazilov Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashi raisi etib saylandi. U mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar va hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 2022 yilda Parijda “Avicennia International Prize” xalqaro mukofot bilan taqdirlangan.