yangiliklar
ERIELL prof education: Burg’ulash ustalarini o’qitish


ERIELL prof education: Burg’ulash ustalarini o’qitish


Qarshi shahridagi ERIELL prof. education o’quv markazida burg’ulash ustalarini o’qitish bo’yicha noyob loyiha start oldi. Kompaniyalar guruhini barcha xizmatlarining faol ishtirokida amalga oshirilayotgan mazkur ta’lim kursi burg’ulash sohasidagi bilimlarni har tomonlama rivojlantirish va chuqurlashtirishni ta’minlashga qaratilgan. Kurs ishtirokchilari ya’ni burg’ulash ustalarining o’zlari dasturning samaradorligini yuqori baholab, uning yangi bilimlarni egallash hamda avval to’plangan tajribalarni esga olishga yordam berishini ta’kidladilar.


Burg’ulash ustalarini o’qitish dasturi ushbu sohadagi mutaxassislarning samarali ishlashi uchun zarur bo’lgan katta ko’lamdagi ma’lumotlarni o'z ichiga olgan holda muntazam ravishda takomillashib boradi.

O’qish davomiyligi 48 soatni tashkil etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi.

Burg’ulash ustasining lavozim yo’riqnomasi
Sanoat xavfsizligi.
Ishlarni avariyasiz olib borish bo’yicha reglament.
Burg’ulash ustasining sutkalik raportini yuritish va to’ldirish.
“O’rta Osiyo” MBBda qo’llaniladigan burg’ulash eritmalari
“O’rta Osiyo” MBBda qo’llaniladigan sement qorishmalari va quduqlarni mustahkamlash texnologiyasi.
Qiya-yo’naltirilgan burg’ulash va boshqalar