yangiliklar
8 iyuldan 14 iyulgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti

8 iyuldan 14 iyulgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti


“Quyi Sharqiy Berdaq” konida 16-sonli quduq ulandi

Joriy yilning 4 iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Quyi Sharqiy Berdaq” konida 16-sonli quduqni ulash bo’yicha ishlar yakunlandi.

Kompaniyalar guruhi mutaxassislari tomonidan diametri 168x8 mm va uzunligi 350 metr bo’lgan shleyf gaz quvurini payvandlash-yotqizish bo’yicha ishlar bajarildi.

Bu boradagi ishlar neft-gaz quduqlarini qurish qismida “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borildi. ERIELL Group buyurtmachi “O’zbekneftgaz” AJ loyihasining Bosh pudratchisi sifatida ishtirok etadi.



 “Beshkent” ICHTBda ERIELL Group 3-sonli CHBEning iyun oyidagi faoliyat yakunlari bo’yicha yig’ilishi bo’lib o’tdi


2024 yilning 9 iyul kuni ERIELL Group 3-sonli Chuqur burg’ilash ekspeditsiyasining 2024 yil iyun oyidagi faoliyat yakunlari bo’yicha yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ekspeditsiya brigadalarining faoliyati tahlil qilindi va asosiy rivojlanish yo’nalishlari olindi. Rahbariyat va xodimlar muhim masalalarni birgalikda ko’rib chiqdi va mehnat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qildi.

Yig’ilishda o’tgan yilning eng yaxshi xodimlarini taqdirlashga alohida e’tibor qaratildi. 66-sonli brigada kovlab borishning yuqori ko’rsatkichlari va avariyasiz faoliyat olib borgani, shuningdek, xavfsizlik, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar hamda talablarga qat’iy rioya qilgani uchun “Eng yaxshi brigada” faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

“Beshkent” ICHTBdagi oy yakunlari bo'yicha o'tkazilgan yig'ilish doirasida usta kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar erishilgan yutuqlarni muhokama qilib, kelgusi oy uchun ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.