yangiliklar
29 iyuldan 4 avgustgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti

29 iyuldan 4 avgustgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti


“Quyi Sharqiy Berdaq” konida 6-sonli quduq ulandi


Joriy yilning 24 iyul kuni Qpraqalpog’iston Respublikasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Quyi Sharqiy Berdaq” konida 6-sonli quduqni ulash bo’yicha ishlar yakunlandi.

Diametri 168x8 mm va uzunligi 1000 metr bo’lgan shleyfli gaz quvurining payvandlash-montaj ishlari Kompaniyalar Guruhi mutaxassislari tomonidan bajarildi.

Bu boradagi ishlar neft-gaz obyeklari qurilishi qismida “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borildi. ERIELL Group buyurtmachi “O’zbekneftgaz” AJ loyihasining pudratchisi sifatida ishtirok etadi.

"G'arbiy Orol" konida 20-sonli quduq ishga tushirildi


24 iyul kuni “G’arbiy Orol” konida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan 20-sonli quduqni ishga tushirish bo’yicha ishlar yakunlandi.   

Foydalanishga tayyorlash jarayonida quyidagi tadbirlar o’tkazildi:  
- Diametri 108x8mm bo’lgan quvur shleyfi bo’ylab payvandlash-montaj ishlari  
-Quvur yotqizish 
- Izolyatsiya ishlari  
- Qaytadan ko’mib tashlash.  

Shleyfli gaz quvurining uzunligi 1 800 metrni tashkil etdi.   

ERIELL Group “Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK konlararo va magistral gaz quvurlari qurilishi bilan gaz konlarini obodonlashtirish” loyihasining Bosh pudratchisi sifatida ishtirok etadi.

“Quyi Sharqiy Berdaq” konida 6-sonli quduq ishga tushirildi   


ERIELL Group mutaxassislari kuchi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi 6-sonli quduq ishga tushirildi.   

Loyihaning amalga oshirilishi bir nechta bosqichlarni o'z ichiga olgan edi:   
Diametri 168x8 mm, uzunligi 1129 metrni tashkil etgan gaz quvuri qurildi.  
Gaz yig’ish punktiga ulash bo’yicha ishlar amalga oshirildi.  

ERIELL Group “O’zbekneftgaz” AJ uchun neft-gaz obyektlarini qurishda Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi va buyurtmachining obyektlarida bajarilgan ishlar uchun javobgardir.

“Tegirmon” konidagi 21-sonli quduqda gaz oqimi olindi


2024 yilning 31 iyul kuni ERIELL Group 2-sonli chuqur burg’ulash ekspeditsiyasi mutaxassislari burg’ulash ustalari Mangliyev S.R va Qobilov O.X. boshchiligida Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan “Tegirmon” konida 21-sonli quduqni burg’ilash va o’zlashtirish bo’yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Quduqning haqiqiy chuqurligi 2341 metrni tashkil etdi. 51-sonli burg’ilash brigadasining tartibga solingan ishi tufayli 11 mm shtuserda sutkalik debiti 150 ming kub metr bo’lgan sanoat gaz oqimi olindi.

ERIELL Group buyurtmachi “O’zbekneftgaz” AJning “Tegirmon” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.

Bu boradagi ishlar “O’zbekneftgaz” AJ (burg’ilash) loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.