press-relizlar
Afriqa qabilalari afsonasi ERIELL Group qaramog‘ida

Bugun, 4 oktyabr' kuni butun dunyoda Jonivorlarni himoya qilish kuni nishonlanib, u jamoatchilik e'tiborini hayvonot olami, jumladan yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan jonivorlarni saqlash muammosiga jalb qilishga qaratilgan.   

Bu sayyoramiz uchun muhim bo‘lgan kun arafasida ERIELL Group JARdan keltirilgan Jonni va Jenni laqabli oq sherchalarni o‘z qaramog‘iga olib, Toshkent hayvonot bog‘iga xayriya yordami ko‘rsatdi.

дети.jpg

«Ikki nafar oq shercha shu yil bahorda juda mittiligida olib kelingan edi. Ularni sut bilan oziqlantirib, ularga mos keladigan yegulikni juda ehtiyotkorlik bilan tanlab berdik. Hozirgi vaqtda ular to‘liq go‘shtli dietaga o‘tdi. Tashqi xavflardan tashqari oq sherlar boshqa keng tarqalgan turlarga nisbatan turli kasalliklarga ko‘proq chalinadi. Shuning uchun ham ularning yovvoyi tabiatda yashashi o‘ta xavfli hisoblanadi.

львята.jpg

ERIELL Groupga jonivorlarimizning hayoti va sog‘ligiga befarq bo‘lmagani uchun minnatdorlik bildiramiz. Siz tomoningizdan o‘tkazilgan aksiya butun Toshkent hayvonot bog‘i uchun foydali bo‘ladi», — dedi Toshkent hayvonot bog‘ining bosh veterinari Mahmud Qo‘ziboev.

дети3.jpg

Bir necha yuz yillar davomida oq sher Afrika qabilalari orasida tarqalgan afsonadan boshqa hech narsa emas, deb hisoblanib kelingan. Ular juda qadimda ruhlar insoniyatni duoibad qilib, unga dahshatli kasalliklarni yuborgan, deb hisoblagan. O‘shanda bundan aziyat chekkan odamlar ilohlarini eslab, ularni bu azoblardan qutqarishni so‘rab iltijo qilishni boshlagan. Ularning ohu nolalari falakka yetib, yerga Oq sher yuborilgan ekan. Qudratli jonivor insoniyatni da'volab, ularni tark etadi va odamlar yana uning yordamiga muhtoj bo‘lib qolsa, yana qaytishga va'da beradi. Afrika xalqlari bu go‘zal afsonani hanuz saqlab kelmoqda. Bugungi kunda oq sherlarni Afrika savannalarida uchratish mushkul. Jonivorlarning noyob tusi yovvoyi tabiatda ularning hayotini xavf ostiga qo‘yadi, shuning uchun ham ularning butun dunyodagi qo‘riqxona va xayvonot bog‘larida ko‘payishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.   

малыш.jpg

Toshkent hayvonot bog‘ida yashovchi afsonaviy sherlar endi ERIELL Group qaramog‘ida bo‘lib, u bilan hayvonot bog‘i o‘rtasida bir yilga mo‘ljallangan beg‘araz moliyaviy yordam to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Mazkur shartnoma bu kamyob jonivorlarni saqlash uchun pul mablag‘lari o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 

малышка.jpg

«Sherchalar bu yerga juda mittiligida olib kelindi, shuning uchun ham hayvonot bog‘i mutaxassislarining qat'iy nazorati ostida moslashish davridan o‘tdi. Ba'zida ularni ertalab barvaqt ovqatlantirish uchun kechasi tunab qolishga to‘g‘ri keldi. Jonni va Jenni juda ahil, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Shuning uchun ular doim birga o‘ynaydi, ovqatlanadi va dam oladi», —deydi Toshkent hayvonot bog‘i veterinariya klinikasi dorixona mudirasi Svetlana Ibragimova.

Юля.jpg

O‘tgan dam olish kunlari Jonni va Jenni yashaydigan vol'er oldida haqiqiy ajiotaj kuzatildi. Qaramog‘idagi jonivorlar holidan xabar olish uchun ERIELL Group xodimlari o‘z farzandlari bilan tashrif buyurdi. Turli yoshdagi o‘g‘il-qizlar qiziqish bilan sherchalarning quvnoq o‘yinini kuzatdi, shuningdek nima uchun kamyob tusga ega jonivorlar himoya ostida ekanligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Fikrlar to‘qnashdi: oq sherlar kamyob tusi sababli juda chiroyli, shuning uchun ham tabiiy sharoitlarda yashirina olmaydi. Jonivorlarning afsonaviy kelib chiqishi va noyobligi esa ularning himoyaga muhtojligini yanada oshiradi.  ERIELL Group xodimlari bilan birga sherchalar holidan xabar olish uchun Kompaniyalar guruhi timsoli hisoblangan Super Leo korporativ qahramonlari tashrif buyurdi. Ularning shodon o‘yin-kulgusi nafaqat bolajonlar, balki kattalarga ham shodlik ulashdi. Leo va uning zukko otasi  esdalik taxtasini o‘rnatishga yordam berib, hayvonot bog‘ining yangi jonivorlariga uzoq va baxtli hayot tiladi.

я.jpg

Hayvonot bog‘ida o‘tkazilgan mazmunli kun tabiat va uning barcha jonivorlarini  asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob ekzemplyarlariga g‘amxo‘rlik qilish naqadar muhimligini yana bir bor eslatdi.

ERIELL Group Matbuot xizmati