1 iyuldan 7 iyulgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti
“Jarchi” konida gaz oqimi olindi
2024 yil 27 iyun kuni ERIELL Group 3-sonli CHBE mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan “Jarchi” konida 15-sonli quduqni burg’ilash va o’zlashtirish bo’yicha ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.
Quduqning haqiqiy chuqurligi 2645 metrni tashkil etdi. 53-sonli burgilash brigadasining tartibga solingan ishi tufayli 14 mm shtuserda sutkalik debiti 101 ming metr kub bo’lgan gaz oqimi olindi.
ERIELL Group buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhining “Jarchi” konida va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.
Bu boradagi ishlar “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XKning (Burg'ilash) loyihasi doirasida olib borildi.
Mahsuldor qatlamni burg'ilashda 1-sonli CHBE yangi yutug'i
So’nggi kunlarda “Tegirmon” konining 28-sonli qudug’ida mahsuldor qatlamni burg’ilashda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan bo’lib, bu 1-sonli Chuqur burg’ilash ekspeditsiyasi (CHBE) jamoasi uchun haqiqiy ochilish bo’ldi. Ushbu hayratlantiruvchi natijalar Ekspeditsiyaning Bosh muhandisi Tilyavov S.A. va “Burg’ilashni qo’llab-quvvatlash markazi” mutaxassislarining yaqin hamkorligi natijasida amalga oshdi. Ular birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan mavjud sharoitlar uchun muqobil burg’ilash rejimlarini tanlab olib, ularni joriy etishga muvaffaq bo’ldi.
Bunda usta Umarov N.I boshchiligidagi 65-sonli burg’ilash brigadasi alohida o’rin tutdi. Jamoa belgilangan vazifalarni bajarishda yuqori tezkorlik va professionallikni namoyish etdi, bu esa mahsuldor qatlamda kovlab borishning mexanik tezligi sezilarli darajada ortishiga olib keldi. Natijalar yangi tezlik shunga o’xshash quduqlardagi burg’ilash tezligidan 3-4 barobarga oshganini ko’rsatdi. Ushbu yutuq mahsuldor qatlamda burg’ilash stereotipi va usulini o’zgartirishda yangi bosqichni boshlab berib, to'g'ri yondashuvda unumdorlikni sezilarli darajada yaxshilash mumkinligini ko'rsatdi.
Burg'ilashning mexanik tezligini oshirish muhim ahamiyatga ega, chunki u butun quduq qurilishi muddatini jiddiy ravishda qisqartiradi. Burg’ilashni tezroq yakunlash nafaqat vaqtni tejash, balki burg’ilash ishlariga ketadigan harajatlarning ham kamayishini anglatib, bu neft-gaz sanoatida muhim omil hisoblanadi.
Bunday natijaga 1-sonli CHBE va Burg’ilashni qo’llab-quvvatlash markazining rahbarlari hamda muhandis-texnik xodimlarining yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi va quduqlar qurilishi jarayonini optimallashtirishga bo’lgan intilishi tufayli erishildi.
Oldinda 1-sonli CHBE jamoasini bundan ham ko’proq chaqiriqlar va vazifalar kutib turibdi, lekin “Tegirmon” konining 28-sonli qudug’idagi joriy muvaffaqiyati professionallik, qat’iylik va novatorlik yondashuv tufayli hayratlantiruvchi natijalarga erishish hamda har qanday to’siqlarni yengib o’tish mumkinligidan dalolat beradi.
“G’arbiy Tegirmon” konida 28-sonli quduq ulandi
Joriy yilning 27 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan “G’arbiy Tegirmon” konida 28-sonli quduqni ulash bo’yicha ishlar yakunlandi.
Uzunligi 2,376 kilometr bo’lgan shleyf-gaz quvurini payvandlash-yotqizish bo’yicha ishlar bajarildi.
Loyiha “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar” doirasida “Konlarni obodonlashtirish” qismida amalga oshirildi.
“O’zbekneftgaz” AJning ko’rsatilgan obyektidagi ishlar ERIELL Group kuchlari tomonidan bajarilmoqda. Unda u bosh pudratchi sifatida ishtirok etmoqda.
ERIELL Group mutaxassislari tomonidan Usturt hududidagi eng chuqur quduqni burg’ilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
ERIELL Group 5-sonli Chuqur burg’ilash ekspeditsiyasining 38-sonli burg’ilash brigadasi burg’ilash ustalari Jumayev.T.M. va Allanazarov S.K. rahbarligida Ustyurt hududidagi “Quyi Surg’il’ konining 11Q-sonli qidiruv qudug’ini burg’ilash ishlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Chuqurligi 5500 metr bo'lgan quduq Ustyurt hududida bugungi kundagi eng chuqur qudug'iga aylandi.
Loyiha burg’ilash sohasida yuqori professional ko’nikmalar va mahoratga ega bo’lgan tajribali ustalar rahbarligida amalga oshirildi. Mutaxassislar ilg’or texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo’llagan holda noyob mahorati hamda bilimlarini namoyish etilar. Bu innovatsiyalar 160 gradusgacha bo’lgan yuqori harorat va 80 MPagacha bo’lgan bosim bilan birga kechadigan ekstremal sharoitlarda samarali ishlash imkonini beradi.
Loyiha buyurtmachisi – “O’zbekneftgaz” AJ bo’lib, unda ERIELL Group pudratchi sifatida ishtirok etadi. Ushbu strategik ahamiyatga ega bo’lgan quduqni burg’ilash ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanishi Kompaniyalar guruhining yuksak darajadagi professionalligi va texnik ta’minlanganligidan, shuningdek, uning O’zbekiston neft-gaz sohasini rivojlantirishga qo’shayotgan muhim hissasidan dalolat beradi.