"Quyi Sharqiy Berdaq" konidagi 24-sonli quduqda sutkalik kovlab borish rekordi o'rnatildi
Bosh muhandis Ramberganov Isoboy rahbarligi ostida “Quyi Sharqiy Berdaq” konining 24-sonli qudug’ida ishlayotgan ERIELL Group 3-sonli brigada kovlab borishning yangi rekordini o’rnatdi.
Ustyurt ekspeditsiyasining 4-sonli CHBE bir sutka ichida 215,9 mmlik seksiyada 171 metrni burg’iladi. Mazkur ko’rsatkich ushbu konda qayd etilgan avvalgi rekordan 213 foizga oshib ketdi.
Loyiha buyurtmachisi “O’zbekneftgaz”AJ hisoblanadi.
ERIELL Group brigadasining muvaffaqiyati burg’ilash sohasida muhim kashfiyot bo’lib, ularning yuqori professionalligi va innovatsiyalarga bo’lgan intilishini ta’kidlaydi.