yangiliklar
"Rahbar maktabi" treningi ishtirokchilarini taqdirlash


"Rahbar maktabi" treningi ishtirokchilarini taqdirlash



ERIELL Groupda rahbarlar uchun tashkil etilgan treningning ilk bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.  Yaqindagina start olgan ta’lim  sikli kompaniya rahbarlari va top-menejerlar malakasini oshirishga qaratilgan. Ta’limning ilk sessiyasida kadrlar bilan samarali ishlash, ularni izlash va jamoa bilan muvaffaqiyatli harakat qilishi uchun aloqa o’rnatishga qiziqish bildirgan Kompaniyalar guruhining departament va bo’limlari rahbarlari ishtirok etdi.



Rahbar maktabi dasturi 10 ta moduldan iborat bo’lib, ularning har biri ijroni boshqarish va jamoani boshqarish vositalarini ochib beradi. Tahsil olgan barcha rahbarlar pirovardida yagona axborot makoni va boshqaruv funksiyalarini tushunishga yordam beruvchi yondashuvlarni yaratishga qaratilgan boshqarish amaliyotlariga ega bo’ladi. Boshqarish bilimlari va ko’nikmalarini rivojlantirish, boshqaruvning samarasiz usullarini bartaraf etishdan tashqari kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun istiqbolli xodimlarni aniqlashga ham e’tibor berildi.




“ERIELL Group rahbariyati xodimning intellektual rivojlanishiga e’tibor qaratayotganidan juda hursandman. O’zim uchun ko’p narsalarni bilib oldim. O’qitish jarayoniga bir nechta kompaniyalar vakillarini birdaniga jalb etish g’oyasi fikrimcha a'lo darajadagi yechim, chunki, Kompaniyalar guruhi ichidagi yaxshi aloqalar xodimning jamoaviy ruhini oshiradi va ish sifatini yaxshilaydi. Yegor Romanenkoning yuksak kasbiy mahoratini qayd etmoqchiman. U mashg’ulotlarni juda yaxshi o’tdi, darhaqiqat biz hammamizga g’oyat qiziq bo’ldi”, - deydi Xodim bilan ishlash bo’yicha boshqarma boshlig’i o’rinbosari Sayyora Mirazizovna Abdullayeva.





Treningda o'rganiladigan vositalar nafaqat xodimlarni to'g’ri tanlash, balki umuman, Kompaniyalar guruhi ichida samarali faoliyatni tashkil etishga yo’naltirilgan.