yangiliklar
5 avgustdan 11 avgustgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti

5 avgustdan 11 avgustgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti


“Tegirmon” konining 20-sonli qudug’ida gaz oqimi olindi   


ERIELL Group 3-sonli ChBE mutaxassislari burg’ulash ustasi Xolmatov B.M. rahbarligida Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan “Tegirmon” konida 20-sonli quduqni burg’ulash va o’zlashtirish bo’yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi.  

Quduqning haqiqiy chuqurligi 2440 metrni tashkil etdi. 54-sonli burg’ulash brigadasining tartibga solingan ishi tufayli 11 millimetrlik shtuserdan foydalangan holda sutkalik debiti 113,859 ming kub metr bo’lgan gaz oqimi olindi.   

ERIELL Group “O’zbekneftgaz” AJning “Tegirmon” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi hisoblanadi. Bu boradagi ishlar burg’ulash loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

"Yangi Olot" konining 18-sonli qudug'i  qurilishi yakunlandi


Burg’ilash ustasi Imomov F.R rahbarlik qiladigan 1-sonli Chuqur burg’ilash ekspeditsiyasining (CHBE) 46-sonli burg’ilash brigadasi “Yangi Olot” konida 18-sonli quduqni burg’ilash va obodonlashtirish bo’yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. 

Chuqurligi 2500 metr bo’lgan quduq gaz quvuriga ulandi va keyingi foydalanish uchun buyurtmachiga topshirildi. 

Kondagi ishlar “O’zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib borilmoqda. Unda ERIELL Group pudratchi sifatida ishtirok etmoqda.