press-relizlar
ERIELL: 2023 yilning birinchi yarmidagi faoliyat natijalari


ERIELL: 2023 yilning birinchi yarmidagi faoliyat natijalari  

  
Neft servis kompaniyasi O’zbekiston, shuningdek xorijiy davlatlardagi loyihalarni qamrab olgan 2023 yilning birinchi yarim yillikdagi faoliyat natijalarini taqdim etdi.


Asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari:

 
  • 48 ta quduq, jumladan umumiy kovlab borish 127 876 vtnh bo’lgan 39 ta vertical quduq va umumiy kovlab borish 5 497 metr bo’lgan gorizontal yon quduqlar burg’ulandi.   
  • Kompaniya O’zbekistondagi buyurtmachilar ob’yektlarida 49 ta burg’ulash qurilmasidan foydalanadi.   
  • Kompaniya ichida quduqlar qurilishini qo’llab-quvvatlash markazi taraqqiyotining navbatdagi bosqichi bo’ladigan quduqlarni perforator yordamida teshish bo’yicha yangi xizmat ishga tushirilgan.  
  • Kompaniya Bangladesh va Iroqdagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.  
  • Kompaniya joriy yil oxiriga qadar Qozog’istonda ofis ochish niyatida.   
  • Xitoyning yirik kompaniyalari bilan amalga oshirsa bo’ladigan sarmoyalar va loyihalar bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.
  

Quduqlarni perforator bilan teshish bo’yicha yangi xizmat   


ERIELL tuzilmasiga kiruvchi ERIELL Well Solutionsda hisobot davrida Quduqlarni perforator yordamida teshish bo’yicha yangi xizmat ishga tushirildi.

Bu zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori haroraratlarda (200 darajadan yuqori) kumulyativ perforatsiyani amalga oshirish imkonini beradi, bu esa O’zbekiston konlarining o’ta chuqur quduqlarida uglevodorodlarni qidirish, tadqiq etish va qazib olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.   
 
ERIELL perforatsoin va portlayish ishlarini samarali va xavfsiz o’tkazilishini ta’minlaydigan yangi texnologiyalar va ish uslublarini ishlab chiqishda davom etadi. Shu munosabat bilan quduqlarda tadqiqotlar va perforatsiya ishlarini o’tkazish uchun geofizik yukko’targichlar parkini  8 taga kengaytirish rejaga kiritilgan. 
 

Eng yaxshi amaliyotlar va yangi texnologiyalar  


ERIELL buyurtmachilar ob’yektlarida olinadigan natijalarni selilarli darajada yaxshilaydigan yangi uslub va texnologiyalarni doimiy ravishda o’rganadi va joriy etadi.  Misol uchun, “Mustaqillikning 25-yilligi” konidagi 603-sonli quduq va “Oqnazar” konidagi 8-sonli quduqlar maxsus ishlab chiqilgan neft asosidagi burg’ulash eritmasi yordamida muvaffaqiyatli burg’ulandi.

Barcha burg’ulash qurilmalarida masofaviy monitoring tizimini joriy etish davom etmoqda. Uskunani o’rnatish va ishga tushirish yakunlangandan so’ng, ERIELL o’zining “Quduqlar qurilishini qo’llab-quvvatlash markazini” to’liq ishga tushirishni rejalashtirmoqda. U ERIELL  Ilmiy-texnik markazi (ITM)  bo’limiga aylanadi va  e’tiborini quduqlarni onlayn rejimda burg’ulashni masofadan monitoring qilish hamda texnik  yordam ko’rsatishga qaratadi. 
 
Hisobot davrida jarayonlar samaradorligini oshirishda zamonaviy “Texnik chegara” usuli ham o’zini yaxshi tomondan ko’rsatdi. Bu tashkiliy o’zgarishlar va eng yaxshi ishlab chiqilgan amaliyotlarni qo’llash hisobiga quduqlar qurilishining operatsion vaqtini qisqartirish bo’yicha amaliy universal usul hisoblanadi.   
 
Hozirgi kunda tartibga solingan bosim ostida burg’ulash uchun uskunalarni xarid qilish va yetkazib berish imkoniyatlari ko’rib chiqilmoqda. Schlumberger, Halliburton, Hilong, Upstream va boshqa shu kabi yetakchi jahon kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda. ERIELL muhandislari konlarning geologik kesimlarini doimiy ravishda tahlil qiladilar va burg’ulash iskanasi yetkazib beruvchilari bilan birgalikda ma’lum obyektlarda burg’ulash tezligini oshirish uchun individual buyurtmalar bo’yicha iskanalarni ishlab chiqmoqdalar.
 

Xalqaro loyihalar

 

Zamonaviy texnologiyalar bilan birgalikdagi ko’p yillik tajriba ERIELL kompaniyasiga butun dunto bo’ylab yuqori sifatli neft servis xizmatlarini taqdim etadi.  Bugungi kunda ERIELL Bangladesh va Iroqdagi ikkita yirik loyiha ustida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Bir qancha burg’ulash brigadalari quduqlarda burg’ulash muddatlarini qisqartirish va yuqori neft debitlariga erishgan holda Iroqdagi konlarda muvaffaqiyatli ishlamoqda. Misol uchun “Al-G’arraf” konidagi Ga-G149P quduqda neft qazib olish kuniga 2005 barrelga yetdi, ushbu konning boshqa Ga-G146P qudug’ida esa kuniga 1900 barrel neft qazib olinadi.  
Bangladeshda bir qator quduqlar shartnoma muddatidan oldin qurib bitkazildi.

2023 yilda ERIELL Qozog’istonda o’z faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda, yilning birinchi yarmida buning uchun tayyorgarlik ishlari olib borildi. Guruh Qozog’iston neft-gaz sohasining asosiy ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish va neft servis xizmatlari taqdim etiladigan tenderlarda ishtirok etish niyatida.


Xayriya loyihalari 


Kompaniyalar guruhi muntazam ravishda bolalar muassasalarini qo’llab quvvatlab keladi, Ikkinchi jahon urushi faxriylariga g’amxo’rlik ko’rsatadi, bir qator poytaxt va viloyatlardagi “Mexribonlik”, “Muruvvat” uylari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarga yordam beradi.

Masalan, muqaddas Ramazon xayiti bayrami arafasida ERIELL Group O’zbekiston nogironlar jamiyatining Toshkent shahar Bektemir tumani bo’limining 168 nafar a’zosiga oziq-ovqat to’plamlari va eng zarur narsalar ko’rinishidagi xayriya yordamini ko’rsatdi.

2023 yil Xotira va qadrlash kuni arafasida Kompaniyalar guruhi vakillari O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ishtirokida Jizzax va Samarqand viloyatlarida istiqomat qiladigan 26 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uchun bayram tadbirlari o’tkazdi. Faxriylarga maishiy texnika va oziq-ovqat to’plamlari sovg’a qilindi, shuningdek ular va ularning oila a’zolari uchun  bayram dasturxoni yozildi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida ERIELL Group Silk Road Samarkand Sayyohlik majmuasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya va Samarqand viloyati IIB Sayyohlik politsiyasi ko’magida ota-ona qaramog’idan maxrum bo’lgan 300 nafar bolalarga bayram uyushtirdi. “SOS – bolalar mahallalari” assosatsiyasining Samarqand filiali, oilaviy bolalar uylari va ijtimoiy zaif oila bolalari tadbirda ishtirok etdilar.