yangiliklar
ERIELL Group O’zbekistonning yirik soliq to’lovchilar “top-20”taligiga kirdi

ERIELL Group O’zbekistonning yirik soliq to’lovchilar “top-20”taligiga kirdi


Yetakchi xalqaro neft servis kompaniyalar guruhi hisoblangan ERIELL Group 2024 yilning birinchi choragi bo’yicha O’zbekistonning eng yirik soliq to’lovchilaridan biri sifatida e’tirof etildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, ERIELL Group mamlakatning Top-20 ta eng yirik soliq to’lovchilar ro’yxatiga kirdi.

2024 yilning yanvar-mart oylari davrida O’zbekistonning 2 186 ta yirik soliq to’lovchilari tomonidan jami 24,5 trillion so’mdan ortiq soliq to’langan.

ERIELL Group O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ishonchli hamkor sifatidagi o’rnini tasdiqlagan holda ushbu ro’yxatda haqli oltinchi o’rinni egalladi.

ERIELL Group O’zbekiston neft-gaz sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etadi, bu esa o’z navbatida energiya resurslari ishlab chiqarishning o’sishi va mamlakat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirishga yordam beradi.