press-relizlar
ERIELL kompaniyalar guruhlarning tekshirilmagan va soxta axborot ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalganligi yuzasidan rasmiy munosabati

ERIELL kompaniyalar guruhlarning tekshirilmagan va soxta axborot ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalganligi yuzasidan rasmiy munosabati

Bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ERIELL kompaniyalar guruhining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi energetika loyihalarida ishtiroki mohiyati to‘g‘risida yolg‘on ma'lumot keng tarqalgani yuzasidan kompaniya quyidagilarni ma'lum qiladi.

ERIELL 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan,  Iroq, Bangladesh, Turkmaniston, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonda ERIELL bir qator konlarning yer qa'ridan foydalanuvchi kompaniyalar, shu jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ mijozlari bo‘lgan bosh pudratchi sifatida faoliyat olib bormoqda. 

Ta'kidlash joizki, ERIELL bir qator tender tanlov g‘olibi bo‘lib e'lon qilindi va ushbu tender tanlovlar  17.03.2017 y. «Pravda Vostoka», 05.05.2017 y. «Pravda Vostoka» i «Halq so‘zi» («Narodnoe slovo»); 01.08.2017 «Pravda Vostoka» va «Halq so‘zi» («Narodnoe slovo»); 13.09.2017 g. «Vecherniy Tashkent», «Pravda Vostoka» gazetalarida e'lon qilingan, shu bilan birga  sayt tenderweek.com joylashtirgan edi.  “2017— 2021 yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni ko‘paytirish dasturi”  doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tegishli konlarida ERIELL bosh pudratchi sifatida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.  

2017-2022 yillarda ERIELL mutaxassislari “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorligda 471 quduqda burg‘ilash ishlarini yakunladi, 328 quduqda kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirildi, uzunligi 398 km. bo‘lgan gaz quvurini qurdi va boshqa texnologik inshootlarni barpo etganligi ma'lum qilamiz.

2017 yildan 2022 yilgacha dastur doirasida ERIELL kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirilgan pudrat ishlarining umumiy hajmi qariyb 2,3 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Davlat xaridlari doirasida kompaniyada boshqa shartnomalar mavjud emas. 
 
Ma'lumot uchun: ERIELL 90 donalik zamonaviy burg‘ulash qurilmalari parkiga ega, ulardan 47 tasi O‘zbekistonda joylashgan. Kompaniyada 12 mingdan ortiq kishi ishlaydi, ulardan 6700 nafari O‘zbekistonda ishlaydi, ularning aksariyati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. 19 yil davomida kompaniya 3500 dan ortiq quduqlarni burg‘uladi, shu jumladan. chuqurligi 6000 m gacha bo‘lgan quduqlar, shuningdek, vodorod sul'fidi va karbonat angidrid miqdori yuqori bo‘lgan turli xil murakkablikdagi bir nechta quduqlar, burg‘ulash texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda uzunligi 2500 metrgacha bo‘lgan gorizontal quduqladir.

Kompaniya ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi va benuqson xalqaro (imijini) obro‘sini saqlashda davom etadi.