22 iyuldan 28 iyulgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti
"Beshkent" IChTBda muhandislarni burg'ilash eritmalari bo'yicha o'qitish
Joriy yilning 15 iyul kuni burg’ilash eritmalari bo’yicha muhandislarning malakasini oshirish uchun navbatdagi o’quv kursi boshlandi. Malaka oshirish kurslari burg’ilash eritmalari xizmatining kuchlari va resurslari bilan amalga oshirildi. O’quv rejasi bir haftalik muddatga taqsimlangan bo’lib, amaliy mashg’ulotlar, shuningdek, BEX mutaxassislari ishlab chiqarish obyektlaridagi har qanday vaziyatga tayyor turishlari uchun real vaziyatli keyslar bilan birgalikda olib borildi.
Quduq stvolini samarali yuvish talablari, stvolning barqarorligi, gidravlika, burg’ilash eritmalari tizimlari, tur xil ifloslanishlar kabi mavzularga to’xtalib o’tildi. Burg'ilash eritmalari qismi bo'yicha burg’ilashdagi murakkabliklar, avariyaviy holatlar, ularning oldini olish va bartaraf etish usullariga alohida e'tibor qaratildi.
Qayd etish kerakki, bu mazkur oy doirasidagi ikkinchi tahsil bo’lib, birinchi tahsil 1-7 iyul kunlari bo’lib o’tgan edi.
"Sayojar" konida 3-sonli quduq burg'ilash bilan yakunlandi
Navoiy viloyatida joylashgan “Sayojar” konidagi 3-sonli quduqni burg’ilash muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ishlar burg’ilash ustalari Maxmudov B.A. va Qodirov S.A. rahbarligidagi 1-sonli chuqur burg’ilash ekspeditsiyasi kuchlari tomonidan olib borildi. Quduqning haqiqiy chuqurligi 910 metrni tashkil etdi.
ERIELL Group buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhining “Sayojar” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.
Bu boradagi ishlar Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK (Burg’ilash va YUK) loyihasi doirasida amalga oshirildi.
“Jumayel” konida 6-sonli quduq burg’ilash bilan yakunlandi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan “Jumayel” maydonidagi 6-sonli quduqni burg’ilash muvaffaqiyatli yakunlandi. Ishlar burg’ilash ustalari Raxmonov O.U. va Usmonov A.J rahbarligidagi 1-sonli chuqur burg’ilash ekspeditsiyasi kuchlari tomonidan olib borildi. Quduqning haqiqiy chuqurligi 1080 metrni tashkil etdi.
ERIELL Group buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhining “Jumayel” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi. Bu boradagi ishlar “Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK (Burg’ilash va YUK) loyihasi doirasida amalga oshirildi.