yangiliklar
Barcha geologlarni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz!


Barcha geologlarni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz!


Geologiya Yerning tabiiy resurslarini o’rganish va saqlashda asosiy ro’l o’ynaydi. Sizning ishingiz tog’-kon va neft-gaz sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi, foydali qazilmalarni o’rganish va aniqlashga yordam beradi. 

Olib borgan tadqiqotlaringiz va sa’y-harakatlaringiz tufayli tabiiy boyliklardan oqilona va samarali foydalaniladi.

Sizlarga yangi ochilishlar, muvaffaqiyatli loyihalar va ilmiy tadqiqotlar uchun ilhom, shuningdek, mustahkam sog’liq, kuch-quvvat va hayotingizni barcha jabhalarida farovonlik tilab qolamiz.