Sumalak Party yorqin bayrami
O’zbekistonda bahor – bu charaqlagan quyosh, gullayotgan daraxtlar va yangi unib chiqqan maysalar. Yana esa bu sumalak- odatda yilning shu vaqtida pishirish qabul qilingan shirin taom bilan ta'riflanadi.
Sumalak mo’l-ko’lchilik, ezgu niyatlar, birdamlik va hamjihatlik ramzidir. 18 aprel kuni ERIELL Group bosh ofisida 3000 dan ortiq xodimlar ishtirokida ajoyib yorqin voqea- bahorning asosiy taomini birgalikda tayyorlash tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir ERIELL Group, ERIELL Group, ERIELL Well Solutions, Enter Engineering, TEG va Saneg tomonidan tashkil etildi.
Sumalak oltita qozonda sharqning jo’shqin taronalari ostida ko’tarinki kayfiyatda qaynatildi.
Ushbu tansiq va foydali taomni pishirish har doim muhim bo’lgan qadriyatlar — umumiylik va o’zaro ko’mak ramzi bo’lgan. Sumalakni uni tayyorlagan ishtirokchilar, bayram qatnashuvchilari bilan bo’lishish an’anaga aylangan, shuning uchun har bir kishi ushbu taomdan o’z nasibasini oldi.
Qadim rivoyatlarga ko’ra, sumalakda ishtirok etgan har kim o’z orzu-istaklarini ro’yobga chiqishi va yuz barobar bo’lib qaytadigan xayrli ishlarini amalga oshirish uchun yo’l ochadi.
Bu kun bahorning chinakam sehrli muhiti bilan yo’g’irilgandek, unda har bir kishi O’zbekiston boy madaniyatining timsoli bo’lgan qadimiy an’analarni ulug’laydigan katta oilaning bir a’zosidek his qildi o’zini.