15 iyuldan 21 iyulgacha kunlaridagi yangiliklar dayjesti
32-sonli burg’ilash brigadasi sutkalik kovlab borishning yangi rekordini o’rnatish yo’lida
ERIELL Group 32-sonli burg’ilash brigadasi burg’ilash ustasi Otabek Xamidov rahbarligida Buxoro viloyatining konlaridan birida 311,2 mmlik seksiyada sutkalik kovlab borish bo’yicha yangi rekordni o’rnatishga shiddat bilan yaqinlashmoqda. Avvalgi rekord ko’rsatkich 536 metrni tashkil etgan edi.
Brigada mutaxassislari burg’ilash ustasi rahbarligida jami 15 soat ichida 518 metrni burg’ilab, ajoyib natijalarga erishishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu yutuq kovlab borishning yangi rekordi — 850 metrdan ortiqni o’rnatish uchun salohiyat borligini namoyish etdi.
Bunday yuqori ko’rsatkichlar puxta tuzilgan ish taktikasi tufayli mumkin bo’ldi. Bu jarayonda burg’ilash brigadasi va muhandis-texnik xodimlar bilan har kunlik raznaryadkalar muhim o’rin tutdi. Ularda bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi faoliyat rejalashtiriladi. Ish jarayonining har bir ishtirokchisi o’z vazifasini yaxshi tushunadi va ularni o’z vaqtida hamda sifatli bajarish muhimligini anglaydi. Bir xodim faoliyatining samaradorligi nafaqat brigadaning, balki butun ERIELL guruhining umumiy natijasiga ta’sir ko’rsatadi.
2-sonli brigada ilk bor yangi texnologiyani Ustyurt hududida qo’lladi
2-sonli brigada “Quyi Sharqiy Bertdaq” konida mehanik tezlikni oshirish va quduq stvolini mustahkamlash uchun yangi texnologiyani joriy qildi.
Ustyurt hududida 22-sonli quduqda 215,9 mmlik seksiyani burg'ilash uchun iskanausti ejektorli qurilmasi (EJG) ilk bor qo’llanildi.
Avvalroq EJG “Mustaqillik 25 yilligi” konida mehanik tezlikni 2 martaga oshirib, ajoyib natijalarni namoyish etgan edi.
Yangi obyektda ushbu texnologiyaning joriy etilishi hududdagi burg’ilash ishlari samaradorligini yanada oshirishda muhim qadam bo’ldi.
Ustyurt hududida EJGni tekshirib ko’rishni davom ettirish rejalashtirilmoqda, bu uning imkoniyatlarini turli sharoitlarda baholash va kelgusida ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatini beradi.
66-sonli burg'ilash brigadasi kovlab borishning yangi rekordini o'rnatdi
66-sonli burg’ilash brigadasi mutaxassislari o’z faoliyatida bir nechta rekordlarga ega bo’lgan burg’ilash ustasi Axliddin Baxronov rahbarligida ZJ-40 burg’ilash qurilmasi yordamida 406 mmlik iskana bilan konduktorni burg'ilashda yangi ajoyib natijalarga erishdi. Ular sutka davomida bor kuch-g’ayrati hamda orttirgan tajribasini ishga solib 463 metrni burg’iladi.
Ushbu muvaffaqiyat ERIELL Group loyihalarida innovatsion texnik yechimlarni joriy etilishi tufayli mumkin bo’ldi, bu esa quduq qurilishida ishtirok etadigan barcha xodimlarni birlashtirish imkonini berdi. Bu jarayonda nafaqat burg’ilash brigadasi, balki burg’ilash eritmalari, quduqlarni mustahkamlash xizmatlari, Bosh mehanik va energetik xizmatlari, shuningdek, Qarshi va Toshkent ofisi xodimlari qatnashdi.
Barcha bo’limlarning hamkorlikdagi ishi, harakatlarni aniq muvofiqlashtirish va har bir loyiha ishtirokchining yuqori professionalligi yangi rekordga erishish imkonini bergan muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’ldi.