yangiliklar
"Loyihalarni boshqarish" kursi: xulosa va natijalar

"Loyihalarni boshqarish" kursi: xulosa va natijalar


ERIELL xalqaro neft xizmati guruhi xodimlari uchun “Loyihalarni boshqarish” kasbiy rivojlanish kursini yakunladi. Mazkur kurs loyihalarni boshqarish ko’nikmalarini oshirish uchun ishlab chiqilgan bo’lib, tajribali o’qituvchilar va amaliyot o’tayotgan professionallar tomonidan o’tkaziladigan loyiha boshqaruvi sohasidagi ekspertlar ma’ruzalari, keys- stadi (case study) va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Menejment” kafedrasi professori, Iqtisodiyot fanlari doktori Xamidulin Mixail va ISO xalqaro standartlarni joriy etish bo’yicha Information Processing PE kompaniyasi direktori Burnashev Ildar o’qituvchilar sifatida ishtirok etib, kurs ishtirokchilariga noyob bilimlar va amaliy tajriba taqdim etdilar.

Kurs 2024 yilning 10 yanvaridan 20 fevraliga qadar bo'lib o'tdi va unda loyiha boshqaruvining asosiy jihatlari, jumladan, loyiha faoliyati texnologiyalari, loyiha qiymati va sifatini boshqarish, xavflarni boshqarish, loyiha samaradorligini baholash usullari va ko’plab boshqa mavzular yoritildi.

Kurs ishtirokchilari ya’ni ERIELL Group “byudjetlashtirish, boshqaruv hisobi va tahlilini boshqarish” boshqarmasi xodimlari o’z bilim va mahoratlarini kengaytirish, shuningdek, loyihalarning sifati va natijadorligini oshirish uchun ularni amaliyotda qo'llash imkoniyatiga ega bo’ldi.

Kursda o’qib chiqish nafaqat yangi bilimlarni olish, balki yana loyihalarni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo’lgan aniq ko’nikmalarni rivojlantirishni ham ko’zda tutadi. U shuningdek, ishtirokchilarga amaliy vazifalar va loyihaviy mashg’ulotlarda o’z bilim va mahoratlarini baholash imkonini beradi.

“Tashabbus ERIELL Group kompaniyasining o’z xodimlarini kasbiy rivojlanishi va loyihalarni boshqarish sohasida ekspert bazasini kuchaytirishga bo’lgan strategik majburiyatini aks ettiradi. Ishonchimiz komilki, ushbu kursdagi tahsil xodimlarimizga yanada kerakli va malakali mutaxassis bo’lishga yordam beradi, pirovardida kompaniyalar guruhimiz hamda mijozlarimizga qo’shimcha qiymat olib keladi”- deya ta’kidlaydi byudjetlashtirish, boshqaruv hisobi va tahlili boshqarmasi boshlig’i Satarova Natalya.