Innovatsion burg’ulash texnologiyalari: ERIELL Groupning “Quyi Surg’il” konida turbobur va o’yuvchi iskanadan foydalanib, erishgan birinchi natijalari
ERIELL Guruhi “Quyi Surg’il” konida burg’ulash bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirish sohasida muvaffaqiyatli natijalarga ega bo’ldi. Jarayonlarni doimiy takomillashtirishga bo’lgan o’zgarmas intilishimiz doirasida turbobur va o’yuvchi iskanani qo’llagan holda 11-sonli quduqda tajriba-sanoat ishlarini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan edi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida seksiya qurilishi maydonida kovlab borishning mexanik tezligi 50 foizga oshgani va bir qatnovdagi kovlab borish 100 foizga ko’paygani qayd etildi. Turbobur va o’yuvchi iskanadan foydalanish burg’ulashni o’tkazish vaqtini maqbullashtirish imkonini berishi, shuningdek, quduq qurilishining umumiy vaqtini kamaytirishga olib kelishi kerak, buyutmachilar uchun esa bu muhim ro’l o’ynaydi.
Ushbu navbatdagi qadam ERIELL Groupning innovatsiyalar va neft-gaz quduqlarini burg’ulash sohasidagi natijalarini doimiy yaxshilashga sodiqligini yana bir bor ta’kidlaydi.