yangiliklar
25 sentyabdan 30 sentyabrcha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


25 sentyabdan 30 sentyabrcha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


“Andakli” konida uchta quduq obodonlashtirildi 

 
21 sentabr kuni ERIELL Group mutaxassislari tomonidan “Andakli” konida uchta-13,14 va 15-sonli quduqlarni obodonlashtirish bo’yicha ishlar yakunlandi. 

Kon Buxoro viloyatida joylashgan va Gazli neft qazib chiqarish boshqarmasiga tegishlidir.

Obodonlashtirish jarayonida quyidagi ishlar bajarildi: 
• quduq og’zi, maydalash agregati va olovli uskunalarni to’sib qo’yish; 
• Nasos-kompressor quvurlar ombori maydonlarini va agregat o’rnatiladigan maydonlarni qurish va qoplash;
• Texnologik quvur uchun poydevor o’rnatish. 

ERIELL Group – “Andakli” konida Bosh pudratchi hisoblanadi. Neft-gaz obyektlarini qurish qismidagi ishlar buyurtmachi “O’zbekneftgaz”ning “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” doirasida amalga oshirilmoqda.

“Shimoliy O’rtabuloq” konida 15-sonli quduq shleyfi o'rnatildi


ERIELL Group mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Shimoliy O’rtabuloq” konining 15-sonli quduq shleyfini o'rnatish bo’yicha ishlar yakunlandi. 
89х6mm diametrli quvur orqali neft va gazni tashish uchun mo’ljallangan shleyf uzunligi 1368  pogon metrni tashkil etdi. 

Quduq “Shimoliy O’rtabuloq” KIB (kirish iplari bloki)ga ulandi.  

ERIELL Group buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhi (SANEG) MCHJ XKning “Shimoliy O’rtabuloq” va boshqa konlarini o’zlashtirishda Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.  
Bu boradagi ishlar “ SANEG MCHJ XK konlaridagi neft quduqlarini obodonlashtirish” loyihasi doirasida olib borildi.

“Yerkin” konida 12-sonli quduq obodonlashtirildi 


Joriy yilning 25 sentabr kuni ERIELL Group mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyati Gazli neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi “Yerkin” konining 12-sonli qudug’ini obodonlashtirish bo’yicha ishlar yakunlandi. 

Quyidagi ishlar bajarildi: quduq og’zi, maydalash agregati va olovli uskunalarni to’sib qo’yish; Nasos-kompressor quvurlar ombori maydonlarini va agregat o’rnatiladigan maydonlarni qurish va qoplash; Texnologik quvur uchun poydevor o’rnatish. 

ERIELL Group buyurtmachi “O’zbekneftgaz” AJning “Yerkin” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi. Neft-gaz obyektlarini qurish qismidagi ishlar “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” loyihasi doirasida bajarildi.