yangiliklar
4 martdan 10 martgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


4 martdan 10 martgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


“Shimoliy Berdaq” konida 107-sonli quduq ishga tushirildi


2024 yilning 25 fevralda Qoraqalpog’iston Respublikasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Shimoliy Berdaq” konida 107-sonli quduq ishga tushirildi.

Ishlash davomida quyidagi ishlar bajarildi:
Uzunligi 560 metrni tashkil etgan shleyf gaz quvuri qurildi.
Gaz yig’ish punktiga ulash amalga oshirildi.

Obodonlashtirish bo’yicha ishlar ERIELL Group mutaxassislari tomonidan buyurtmachi “O’zbekneftgaz” AJning “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha dastur” loyihasi doirasida neft-gaz obyektlarini qurish qismida olib borildi.


“Tegermon” konida 22-sonli BE qudug’i ishga tushirildi


2024 yilning 27 fevral kunlari ERIELL Group mutaxassislari kuchi bilan Buxoro viloyatida joylashgan “Tegermon” konida 22-sonli BE qudug’i ishga tushirildi.

Loyihaning amalga oshishi o’z ichiga bir necha bosqichlarni olgan edi:
Uzunligi 180 metrni tashkil etgan diametri 168x8mm bo’lgan gaz quvuri qurildi.
Gaz yig’ish punktiga ulash amalga oshirildi.

ERIELL Group “O’zbekneftgaz” AJ uchun neft-gaz obyektlari qurilishida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi va buyurtmachining obyektlaridagi ishlarning bajarilishiga javob beradi.