ERIELL Group Qatar Energy pudratchilari orasida
2024 yilning mart oyida ERIELL Group Qatar Energy milliy neft-gaz kompaniyasi vakillari bilan yakuniy malaka oldi uchrashuvini o’tkazdi. Ushbu muhim qadam 2022 yildan boshlab malaka oldi taomili ustida astoyidil ishlagan Kompaniyalar guruhi mutaxassislarining ikki yillik tayyorgarligi natijasi bo’ldi.
Malaka jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganidan so’ng, ERIELL Group o’z faoliyatini Yaqin Sharqda kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ldi va Qatar Energy pudratchilari qatoriga qo’shildi.
Ta’kidlash lozimki, Qatar Energy kompaniyasi dunyodagi barcha gaz kompaniyalari orasida yirik eksport STG quvvatlariga ega. 2023 yilning oktyabr oyi holatiga ko’ra, davlat kompaniyasining operativ saqlash quvvati yiliga 56,2 million tonna STG tashkil etadi.