yangiliklar
ERIELL Group xodimlarining farzandlari uchun sexrli ertak


ERIELL Group xodimlarining farzandlari uchun sexrli ertak


Yangi yil arafasida kattalar va bolalar mo’jiza, syurprizlar va orzular ijobatini kutadi. Aynan o’sib kelayotgan avlod uchun Qashqadaryo viloyati “Beshkent” ICHBda kasaba uyushmasining say-harakati bilan yaxshilik, quvonch va hursandchilikni tarannum etuvchi haqiqiy bayram uyushtirildi.

Bayramda “ERIELL Group”ning barcha bo’limlaridan xodimlarning 100 dan ortiq farzandlari ishtirok etdi. Bolalar tashkilotchilar tomonidan tayyorlagan sovg’alarni olishidan hursand bo’ldi.  Jarangli kulgu, raqslar va quvonchli his-tuyg’ular yig’ilganlarning yodida qoldi. Animatorlar turli xil o’yinlar bilan bolalarni o’ynatdi, Qorbobo va Qorqiz esa bayramni yanada sexrli va unutilmas bo’lishini ta’minladi.

Tadbir yakunida bayram dasturxoni yozildi, unda bolalar va kattalar  quvnoq vaqtichog’likdan so’ng ovqatlanib olish va iliq muhitda muloqotni davom ettirish uchun yig’ildi. Bu kun shak-shubhasiz, har bir insonning xotirasida saqlanib qoladi hamda  uzoq vaqt davomida barcha ishtirokchilarning qalbini isitadigan ijobiy xotiralarni yaratadi.