yangiliklar
ERIELL Group: Xodimlarni tog’ri boshqarish uchun rahbarlar maktabi

ERIELL Group: Xodimlarni tog’ri boshqarish uchun rahbarlar maktabi 



ERIELL Groupda boshqaruv bo’g’ini va top-menejment xodimlari uchun treninglar sikli boshlandi. Mazkur o’quv kursida kadrlar bilan samarali ishlash, ularni izlash hamda jamoa bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun aloqa o’rnatishdan manfaatdor bo’lgan Kompaniyalar guruhining departament va bo’limlari rahbarlari ishtirok etdi.

Rahbarlar maktabi sikli 3 ta bosqichni– boshqaruvning boshlang’ich, o’rta va oliy bo’g’inlarini o’z ichiga oladi. Har bir toifa uchun yagona axborot makoni va boshqarish vazifalarini anglash, boshqarish bilimlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, samarasiz boshqaruv usullarini istisno qilish, kelgusida kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun kelajagi bor xodimlarni aniqlash kabi yondashuvlarni yaratishdan iborat bo’lgan shaxsiy noyob dasturi ishlab chiqilgan.

Zamonaviy biznesda investitsiya xavflarini baholash va kompaniyaning bozor qiymatini aniqlashda jamoa ro’liga ko’p e’tibor qaratilmoqda. Ushbu mavzudagi maqolalarda ayrim holatlardagina top-menejerlar, qolganlarida esa – butun jamoa tahlil qilinishi ta’kidlanadi.

“ERIELL Group o’z oldiga eng yaxshi xalqaro amaliyotlarga muvofiq, boshqaruv ta’limini sinxronlashdek maqsadni qo’ydi. Biz jamoa boshqaruvi va ijro boshqaruvi sohasida eng yaxshi amaliyotlar asosida o’qitishga qaratilgan 3 ta boshqaruv treki- rahbarlar maktabi, yetakchilar maktabi va direktorlar maktabini ishga tushirdik. 

Har bir kurs 10 ta moduldan tashkil topgan bo’lib, unda rahbar uchun zarur bo’lgan vositalar bosqichma-bosqich ma’lum qilinadi. Ushbu usullar nafaqat xodimlarni tog’ri tanlash, balki kompaniya ichida samarali faoliyat olib borishga ham yo’naltirilgan”, - deydi Ta’limni boshqarish va xodimlarni rivojlantirish rahbari Klimkin Mixail Aleksandrovich.

O’qitish dasturining maqsadi nafaqat saralash jarayonining samaradorligini oshirish, balki kelajakda Kompaniyalar guruhining rivojida muhim hissa qo’shishga qodir bo’lgan kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat.