yangiliklar
ERIELL: neft servis sohasida raqamlashtirishning yangi ufqlari


ERIELL: neft servis sohasida raqamlashtirishning yangi ufqlari


ERIELL xalqaro neft servis guruhi neft-gaz sektoridagi global o’zgarishlarga qaratilgan raqamlashtirish dasturini ishga tushirgani haqida ma'lum qiladi.

Raqamlashtirish sohasida yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni boshlagan ERIELL Group tajriba almashish va strategic hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochmoqda.

Xususan, AQSH, Xitoy, BAA va boshqa mamlakatlari neft-gaz bozorining asosiy ishtirokchilari bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda. Bu sheriklik sohaning raqamli o’zgarishida tajriba almashish va strategik rejalashtirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

“Biz nafaqat texnologik yechimlar, balki sohamiz uchun raqamli kelajakni yaratishga intilmoqdamiz. Loyihalarimiz neft-gaz sektorida samaradorlik va xavfsizlikning yangi standartlarini o’rnatish maqsadi bilan boshlangan va biz ushbu harakatning boshida bo’lish imkoniyatidan faxrlanamiz”,-deydi ERIELL Group Axborot texnologiyalari departamenti direktori Yegorov Mixail Yurevich.

Axborot texnologiyalari, biznes-jarayonlar va ilmiy texnologiyalar bo’yicha mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar  2024 yilning muhim tadbir va anjumanlarida faol ishtirok etib, sohani yanada rivojlantirish uchun tajriba almashish hamda ilg’or amaliyotlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda ishlab chiqish va sinovdan o’tkazishning faol bosqichida bo’lgan asosiy loyihalar orasida quyidagilar bor:

Burg’ulashni boshqarish markazi: samaradorlikni oshirish uchun yaratilgan, ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn monitoring  qilish uchun innovatsion platforma.

Elektron sutkalik raport: jarayonlarni optimallashtirish imkonini beruvchi ishlab chiqarish ma’lumotlarini qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimi.

Interaktiv xarita: logistikani muqobillashtirish uchun burg’ulash qurilmalarining joyini o’zgartirishini interaktiv monitoring qilish.

Onlayn videomonitoring: xavfsizlik va sifat nazoratini ta’minlash uchun ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatishning raqamli tizimi.

FACE ID (ishga va ovqatlanishga kelganini qayd qilish): avtomatlashtirilgan boshqaruv va yuzni aniqlash texnologiyasi yordamida ish vaqti va ovqatlanishni nazorat qilish.

HSE Control: xavfsizlik texnikasi va ekologiya me’yorlariga rioya qilinishini ta’minlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish.

Elektron savdo maydonchasi: sun’iy intellektdan foydalangan holda tender amaliyotlarini o’tkazish uchun maydoncha.

Aqlli ombor: sun’iy intellektni qo’llagan holda zaxiralarning avtomatlashtirilgan boshqaruvi.

ERIELL mazkur innovatsion loyihalar neft-gaz sektorida samaradorlik va xavfsizlikning yangi standartlarini o’rnatishga yordam bergan holda sanoat rivojining navbatdagi bosqichi bo’lishi uchun harakat qiladi.