yangiliklar
ERIELL Xitoy kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Joriy yilning 21-dekabr kuni ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC va CHINA Export & Credit Insurance Corporation  kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatda uch tomonlama hamkorlik, jumladan, Sanoat Energetika Guruhi (Saneg) MChJ XK bilan hamkorlik ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu kelgusida tomonlar o‘rtasida muloqot va qurilish ishlarini rivojlantirish uchun zamin yaratadi.  

Memorandum doirasida SINOSURE kompaniyasi Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda yordam ko‘rsatishga, shuningdek, ERIELL bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy faoliyatga nisbatan qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli sug‘urta polislari va kafolatlarini taqdim etishga tayyor.

Hujjatda shuningdek, kelgusida har bir tomon hamkorlik to‘g‘risida yangi bitimni taklif etish huquqiga ega ekaniligi ko‘zda tutilgan.  
Tomonlar kelishuvda erishilgan qo‘shma ish yo‘nalishlariga oid qo‘shma marketing tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin.