yangiliklar
12 Fevraldan 18 fevralgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


12 Fevraldan 18 fevralgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


Surxondaryo ekspeditsiyasining yangi muvaffaqiyati

 

“Mustaqillikning 25 yilligi” konida Surxondaryo ekspeditsiyasi mutaxassislari mahsuldor qatlamni burg’ulash bo’yicha ajoyib natijalarga erishdi. Konning butun tarixida ilk bor mahsuldor qatlamni burg’ulash vaqtida Burg’ulash ustunining quyi qismi kompanovkasiga texnik element-vintli quduq dvigatelini (VQD) qo’shish bo’yicha ishlar olib borildi.

Oldindan ishlab chiqilgan rejaga ko’ra, uskunani turli xil rejimlarda sinab ko’rish ishlari o’tkazilib, mavjud sharoitlar uchun eng qulay bo’lgan usul tanlandi.

Natijada, burg’ulashning o’sha intevallarida rotor BUTKdan foydalanganda burg’ulash tezligidan 3-4 barobarga oshib ketadigan kovlab borishning mexanik tezligi olindi.

Burg’ulash mexanik tezligining oshishi o’z navbatida umumiy quduq qurilishi mudatlarini sezilarli darajada qisqartiradi.

Bunday turdagi uskuna uchun nihoyatda murakkab bo’lgan sinovlar o’tkazilgan (chuqurlik 3500 metrdan ortiq, harorat  130 °C dan yuqori, sezilarli darajadagi barit og’irlashtiruvchi qo’shilgan 2,0 g/sm3 ko’p bo’lgan burg’ulash  eritmasining solishtirma og’irligi, qatlam flyuididagi СО2 va Н2S yuqori bo’lishi) geologik sharoitlar ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining jiddiy ravishda yaxshilash uchun analog sharoitlarda VQD (turbobur) dan foydalanishning istiqbollari va yuqori imkoniyatlari haqida gapiradi.

Bunday natijaga M-25 loyihasining rahbarlari, muhandis-texnik xodimlari hamda Qarshi RPO mutaxassislarining quduq qurilish jarayonini muqobillashtirish borasidagi say-harakatlari va inrilishlari tufayli erishildi.


“G’arbiy Tegermon” konidagi 18-sonli quduqda gaz oqimi olindi


Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida joylashgan “G’arbiy Tegermon” konida 18-sonli quduq qurilishi yakunlandi. Buxoro ekspeditsiyasining 51-sonli burg’ulash brigadasining muvofiqlashtirilgan ishi tufayli sutkalik debiti 136,5 ming metr kub sanoat gaz oqimi olindi.

Haqiqiy chuqurligi 2500 metrni tashkil etgan quduq burg’ulashi va qurilishida ZJ-30 burg’ulash qurilmasidan foydalanildi.

“G’arbiy Tegermon” konidagi ishlar Работы на месторождении «Западный Тегермен» ERIELL Group “O’zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” doirasida olib borilmoqda