yangiliklar
29 yanvardan 4 fevralgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


29 yanvardan 4 fevralgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti

 

“Urga” konida quduqni burg’ulash muvaffaqiyatli yakunlandi


ERIELL Group Ustyurt ekspeditsiyasining tajribali ustalar R.Normurodov va G.Bobomurodov rahbarligidagi 16-sonli brigada QYB muhandislari bilan birgalikda buyurtmachi Natural Gas Stream loyihasi asosida qazilayotgan “Urga” konidagi 11-sonli quduqning YUKni muvaffaqiyatli yakunladi.

Ta’kidlash zarurki, ish jarayonida brigada tomonidan yon ustuni kesish amaliyoti o’tkazilib, quduqning 34 gradusgacha bo’lgan zenit burchagi o’rnatildi, quduq og’zidan 533 metrga og’ildi, stvol bo’yicha quduq zaboyi 2850 metrga yetkazildi.

Bunday natijaga Ustyurt ekspeditsiyasining rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari, jumladan, Bosh muhandis Isoboy Ramberganovning professionalligi hamda tartibga solingan ishi tufayli erishildi.

Mazkur loyihada har bir mutaxassisning ishtiroki juda muhimdir. Ularning chuqur bilimi va mahorati burg’ulashni muvaffaqiyatli yakunlashda hal qiluvchi ro’l o’ynadi.

 

“Zambuloq” konida 1-sonli quduqni sementlash yakunlandi


Farg’ona ekspeditsiyasi hududida joylashgan “Zambuloq” konining 1-sonli qudug’ida uni burg’ulash va yakunlanishida muhim bosqichlaridan biri-diametri 177,8 mm bo’lgan mustahkamlovchi ustunlarni mustahkamlash o’tkazildi.

Mustahkamlovchi ustunni mustahkamlash bo’yicha ishlar 3588 metr chuqurlikda olib borildi, bu esa aniq rejalashtirish va qat’iy nazoratni talab qildi. Mazkur jarayonda Quduqni mustahkamlash xizmati (QMX) va Farg’ona ekspeditsiyasi Muhandislik-texnik rahbariyati (FE MTR) muhandislari asosiy ishtirokchilarga aylandi.

Mahkamlash bo’yicha murakkab vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan QMX muhandislari strategiya va texnik yechimlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etdilar. Ularning tajribasi va mahorati sement qorishmasining optimal tarkibini tanlash, mustahkamlash hududidagi bosim va haroratni hisoblab chiqish bilan bog’liq vazifalarni samarali hal qilish imkonini berdi.

Ikki pog’onali sementlash jarayonning asosiy bosqichi bo’ldi. Birinchi pog’ona quduq stvolining barqarorligini ta’minlash, tamponaj eritmalarining singishi va flyuidlarning paydo bo’lishining oldini olishga yo’naltirilgan. Ikkinchi pog’ona korroziyadan himoya qilish va quduq stvolining chidamliligini ta’minlashga yo’naltirilgan sement tarkibi qo’llashni o’z ichiga olgan.

Ushbu bosqichning muvaffaqiyatli yakunlanishi QMX va FE MTR mutaxassislari hamda boshqa yo’nalishdagi mutaxassislarning professional yondashuvini, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning muhimligini qayd etadi.

ERIELL Group buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhining “Zambuloq” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.

Bu boradagi ishlar “Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK (Burg’ulash va YUK)” loyihasi doirasida bajarilmoqda.