yangiliklar
15 yanvardan 21 yanvargacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


15 yanvardan 21 yanvargacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


“G’arbiy Tegermonda” muddatidan avval burg’ulash


Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida joylashgan “G’arbiy Tegermon” konida 19-sonli quduqni burg’ulash yakunlandi.

ERIELL Group Gazli ekspeditsiyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan ishlar 51 kun ichida, loyiha jadvalidagi muddatdan 4 kun avval yakunlandi.

Burg’ulash ZJ30 (180-ZJ-М-06, 2010-013D) burg’ulash qurilmasi yordamida amalga oshirildi.  Quduqning loyihadagi chuqurligi 2500 metrni tashkil etdi.

Kondagi ishlar buyurtmachi “O’zbekneftgaz” AJ ning “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borilmoqda. Unda ERIELL Group Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.

 

“Xartum” konining 86-sonli FE qudug’ida yon ustunni kesish


ERIELL Group Farg’ona ekspeditsiyasi tomonidan “Xartum” konining 86-sonli FE qudug’ida yon ustunni kesish (YUK) bilan burg’ulash o’tkazildi.

Jarayon burg’ulash ustalari Kenjayev A.J va Abdulxayev M.A rahbarligida mexanik turdagi “Burservis” ishlab chiqargan ponasimon og’dirgich yordamida bajarilmoqda.

Ushbu uskunaning asosiy afzalligi uning giroskop yordamida ma’lum bir burchakka yo’naltirish qobiliyatiga ega ekanligidan iborat. Ayni paytda ponasimon og'dirgich Kompaniyalar guruhining QYB xizmati tomonidan faol qo’llanilmoqda.

Yon ustunni kesish texnologiyasining o’zi ham yetib borish qiyin bo’lgan neft va gaz zahiralariga kirishni ta’minlash va avval foydalanilmagan qatlam hamda konlarni o’zlashtirishda davom etish imkonini beradi.

ERIELL Group  mutaxassislari Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK loyihasi doirasida “Xartum” konini o’zlashtirrmoqda.