yangiliklar
5 Fevraldan 11 fevralgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


5 Fevraldan 11 fevralgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


“Jumayel” konida 4-sonli quduqda gaz oqimi olindi


2024 yilning 1 fevralida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan “Jumayel” konida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan 4-sonli quduqni burg’ulash yakunlanib, uni o’zlashtirishga kirishildi. Gazli ekspeditsiyasi 20-sonli burg’ulash brigadasining olib borgan ishlari natijasida 14 mmlik shtuserda sutkalik debiti 178,5 ming metr kub bo’lgan gaz oqimi olindi.

ERIELL Group buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhining “Jumayel” koni va boshqa obyektlarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.

Bu boradagi ishlar “Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK (Burg’ulash va YUK) loyihasi doirasida bajarildi.


Qarshi ekspeditsiyasining taassurot qoldiruvchi natijalari


Qarshi ekspeditsiyasining 66-sonli burg’ulash brigadasi 311,2 mmlik PDC iskanasini qo’llagan holda mexanik burg’ulash sohasida hayratlantiruvchi natijalarga erishdi.

Jamoa quduqlardan birida lahzada 100 metr/soatga yetadigan mexanik tezlikdan o’tib, sutkasiga 323 metrni burg’ulab, ajoyib natijalarni namoyish etdi.

Ushbu ajoyib ko’rsatkichlarga erishishda burg’ulangan materialning samarali olib chiqilishini ta’minlaydigan burg’ulash eritmalari xizmati va ishchilar faoliyatini tog’ri tashkil etgan hamda oldida turgan vazifalarni aniq belgilab olgan burg’ulash ustasi Doston Kamolov rahbarligidagi burg’ulash brigadasi alohida ro’l o’ynadi.

Burg’ulovchilar Begmatov Sanjar Sharipovich va Salohiddinov Ramziddin Amiriddinovichga burg’ulash jarayonida namoyon etgan mahorati uchun minnatdorchilik bildirildi. Ularning kasb mahorati va tajribasi yuqori mexanik tezlikni saqlashda asosiy sifatlarga aylanib, erishilgan natijalarda o’z aksini topdi.

66-sonli Burg’ulash brigadasi erishilganlarda to’xtamaydi va amaldagi O’zbekistondagi sutkalik kovlab borish rekordlaridan o’tib ketishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.


“G’arbiy Tegermon” konidagi 23-sonli quduqda gaz oqimi olindi


Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida joylashgan “G’arbiy Tegermon” konida 23-sonli quduq qurilishi yakunlandi.Qarshi ekspeditsiyasi 54-sonli burg’ulash brigadasining muvofiqlashtirilgan ishi tufayli sutkalik debiti 112,5 ming metr kub bo’lgan sanoat gaz oqimi olindi.

Haqiqiy chuqurligi 2390 metr bo’lgan quduq burg’ulashi va qurilishida MRI-ER-225 burg’ulash qurilmasidan foydalanildi.

“G’arbiy Tegermon” qudug’idagi ishlar ERIELL Group Bosh pudratchi sifatida ishtirok etadigan “O’zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” doirasida olib borilmoqda