yangiliklar
25 dekabrdan 29 dekabrgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


25 dekabrdan 29 dekabrgacha kunlaridagi faoliyat bo‘yicha yangiliklar dayjesti


Qarshi ekspeditsiyasida SX, MM va AMM kuni nishonlandi


Joriy yilning 21 dekabr kuni ERIELL Group Qarshi ekspeditsiyasining “Beshkent” ICHBda sanoat avfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.  Unda dekabr oyidagi ish yakunlari, yaqin istiqboldagi maqsad va vazifalar muhokama qilindi.

Yig’ilishda Qarshi ekspeditsiyasi brigadasining faoliyati tahlil qilindi, shuningdek kelgusidagi istiqbollar belgilab olindi.  Rahbar va xodimlar dolzarb masalalarni ko’rib chiqdilar va samarali faoliyatni davom ettirishga qaratilgan qarorlarni qabul qildilar.

Yig’ilish doirasida o’tgan oydagi ish natijalariga ko’ra eng yaxshi xodimlar e’tirof etildi.

Ustalar Berdiyev Feruz Xazratqulovich va Xamidov Otabek Shoxliyevich SX, MM va AMM sohasidagi yaxshi natijalar, shuningdek, brigadalarning halokatsiz ishlaganligi va neft sanoatidagi barcha qoida va talablarga rioya qilganliklari uchun esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


“Boysun” ICHBda mutaxassislar taqdirlandi


ERIELL Group obyektlari va ishlab chiqarish bazalarida yakunlayotgan yil yakunlari sarxisob qilinmoqda. 27 dekabr kuni “Boysun” ICHBda eng yaxshi xodimlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi, shuningdek, bayram dasturxoni yozildi.

O’zining yuqori darajadagi mahorati va ishiga bo’lgan sadoqati bilan o’rnak ko’rsatgan xodimlar e’tirof etilib, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar ichida uzoq yillik mehnat jasoratlari Kompaniyalar guruhi muvaffaqiyatli faoliyatining asosini tashkil etuvchi turli yo’nalishdagi mutaxassislar bor.

Ishlab chiqarish vazifalarini bajarishda samarali hamkorlik, faoliyat samaradorligini oshirishda qo’shayotgan hissasi, yuqori darajadagi kasbiy mahorat va halol mehnati uchun turli bo’limlar texnologlari, IT, ICHTB, PVO, TB, MM va AMM bo’limi mutaxassislari, shuningdek, burg’ulovchilar, kranchilar va faoliyati g’oyat muhim va zarur bo’lgan boshqa mutaxassislar taqdirlandi.

Tadbir jamoaga yakunlayotgan yilni nishonlash, uni yakunlarini sarxisob qilish va kelgusi yil uchun ijobiy kuch bilan quvvatlanish uchun bir imkoniyat bo’ldi. Mukofot va bayramona tushlik nafaqat har bir hodimning umumiy ishga qo’shgan hissasi muhimligini ta’kidladi, balki jamoaning jamoaviy ruhini ham ko’tardi.


Gazli ekspeditsiyasi ustalari taqdirlandi


26 dekabr kuni Gazli ekspeditsiyasi xodimlari orasida 2023 yil yakunlarini chiqarish bilan har oygi usta kuni o’tkazildi. Burg’ulash brigadalari ishchilari yuqori darajadagi kasbiy mahorat, mehnatsevarlik, o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarganlik va yaxshi natijalarga erishganligi uchun faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Gazli ekspeditsiyasining 24-sonli burg’ulash brigadasi eng yaxshi burg’ulash brigadasi deb e’tirof etildi.  46-sonli va 24-sonli brigadalar xpdimlari Ro’ziyev Aziz va Ravshanov Sarvar ekspeditsiyaning eng yaxshi burg’ulovchi ustalari den tan olindi.

Shuningdek quyidagilar ham taqdirlandi:
•  RMTT mexanigi Nazarov Valijon Nabiyevich;
•  Texnolog Jo’rayev Aziz Nashvandovich;
• Hayot faoliyatini ta'minlash bo'yicha mutaxassis Nabiyev Xusan Suyunovich;
•  Geolog Xudoyqulov Rustam Bo’stonovich;
• 24-sonli brigade burg’ulovchisi Sharopov Axadillo Sharipovich;
•  115-sonli brigada burg’ulovchisi Ubaydullayev Shaxzod Qurbonovich;
•  46-sonli brigade burg’ulovchisi yordamchisi;
•  102-sonli brigada burg’ulovchisining 1-toifali yordamchisi Nizomiddinov Lazizbek G’iyosiddin;
•  46-sonli brigada burg’ulovchisining 2-toifali yordamchisi Jo’raqulov Sherzod Shoim;
•  20-sonli brigada burg’ulovchisining 2-toifali yordamchisi Qodirov Maxmudjon Ebodullayevich;
•  5-toifali payvandchi Raxmanov Samat Mamatovich;
•  57-sonli burg’ulash brigadasi feldsheri Saidov Jobirjon Normurod va ekspeditsiyaning boshqa xodimlari.

Gazli ekspeditsiyasi mutaxassislari uchun tugayotgan yil muvaffaqiyatlar va g’alabalarga boy bo’ldi, demak 2024 yil uchrashuvi zavq-shavq va yangi marralarni zabt etishga tayyorlik bilan o’tadi.