yangiliklar
Bolalik sayyorasi: ERIELL Group va Silk Road Samarkand tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan xayriya aksiyasi

 
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nafaqat qiziqarli bayram uchun sabab, balki, barcha kattalarga har bir bolani himoya qilish muhim ekanligi haqida eslatma hamdir. Bolalar – bu bizning kelajagimiz, ular baxtli, sog‘lom bo‘lishi va har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarga loyiqdir. Faqat shundagina ular butun mamlakat taraqqiyoti va farovonligiga foyda keltiruvchi jamiyatning munosib a'zosiga aylanadilar.   
 
2023 yilning 1 iyun arafasida ERIELL kompaniyalar guruhi “Silk Road Samarkand”sayyohlik majmuasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya va Samarqand viloyati IIB Turistik polisiyasi ko‘magida “SOS bolalari mahallalari” uyushmasining Samarqand filiali, oilaviy mehribonlik uylaridan 300 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, yuqorida tilga olingan uyushma filiali huzuridagi ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmati tomonidan nazorat qilinadigan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari  uchun bayram tashkil etdi.   


 
“Bolalik sayyorasi” nomini olgan va 2 yoshdagi kichkintoydan tortib 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni birlashtirgan tadbirda  har bir kichik mehmon o‘zining didiga yoqadigan narsani topishi va bayramdan zavqlanishi, ijodiy salohiyatini namoyon etishi va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun qiziqarli mahorat darslari, tanlovlar, ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etildi.

Shuningdek, xayriya tadbiri doirasida bolajaonlarga muhtasham Samarqand bo‘ylab qiziqarli sayohat uyushtirildi, unda gidlar qadimiy shahar tarixi haqida so‘zlab berdi. Faol vaqt o‘tkazishdan so‘ng, ayni vaqtida bo‘lgan  palov va shirinliklardan iborat tantanali tushlik alohida o‘rin egalladi.



“Bolalar bilan qancha ko‘p vaqt o‘tkazsangiz, o‘zingiz ham bola bo‘lib qolasiz.  Bu shodiyona jilmayishlar, ko‘zlardagi shijoat nurlari hamma narsani unutish va shunchaki vaqtichog‘lik qilishga yordam beradi. Bolalar va kattalarga ajoyib bayram sovg‘a qilganingiz uchun katta rahmat”, - deydi Samarqand shahridagi “SOS bolalarmahalalari” filiali qoshidagi Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmati ijtimoiy xodimi  Parviz Xabibov.    
 
Qiziqarli bayram bilan bir qatorda bolalarga shirinliklar to‘plami hamda tabiiy boyliklarni asrab-avaylash va tejamkorlik bilan foydalanish muhimligi to‘g‘risida hikoya qiluvchi ko‘ngilochar-ma'rifiy “Super Leo” kitobi sovg‘a qilindi. “Bolalarning taassurotlari bilan bo‘lishmoqchiman. Bunday tadbirlar tarbiyalanuvchilarimizni ilhomlantiradi, o‘zida bolalikning barcha quvonchlarini yorqin ranglarda his qilish imkonini taqdim etadi. G‘amho‘rlik va qiziqishni tashqi tomondan ko‘rish-bu ular uchun juda hayajonli va hissiyotli lahzalardir. Ularning yuzlaridagi tabassumni hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, bolalar bayramda o‘tkazgan har bir daqiqasida chin yurakdan quvonishdi, esdalik sovg‘alari esa ularning rivojlanishi uchun haqiqiy topilma, o‘zini mukammallashtirishi  uchun rag‘batdir.  



Bolalarimiz hayotidagi ishtirokingiz uchun ERIELL Group va Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi oldida chuqur ta'zimdamiz. Bunday tashkilotlarning olijanobligi taqdiri oson bo‘lmagan bolalarning hayot yo‘lida kattalar va farzand o‘rtasida do‘stlik va ishonch ko‘prigini qurgan holda dadil qadam tashlashiga yordam beradi”, - o‘zining taassurotlari bilan bo‘lishdi Samarqand shahridagi “SOS O‘zbekiston bolalar mahalalari” uyushmasi filiali direktori Dilrabo Shermamatovna Davronova.   


 
ERIELL Group uchun har yilgi xayriya doirasida nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham baxtiyor tabassum va samimiy zavq bag‘ishlaydigan turli tadbirlarni o‘tkazish allaqachon an'anaga aylangan. Kompaniyalar guruhi bolalar muassasalari, jumladan, maktab-internatlar, bir qator poytaxt va viloyatlardagi “Mehribonlik”, “Muruvvat” va boshqa tashkilotlarni muntazam qo‘llab-quvvatlab keladi.